Jismoniy shaxslar uchun mobil bank

Colvir mobil bankining asosiy vazifasi foydalanuvchilarga masofaviy bank xizmatlaridan oson va qulay foydalanish imkoniyatini taqdim etishdir. Colvir yechimi raqamli bank xizmatlarining barcha dolzarb tendensiyalarini hisobga oladi: ekotizim yondashuvi, zamonaviy texnologiyalar va mukammal mijoz tajribasi. Colvir mobil ilovasi bankka yangi mijozlarni jalb qilish, faol savdo uchun raqamli kanallardan foydalanish va taqdim etilayotgan xizmatlardan daromad olishda yordam beradi.

Mahsulot afzalliklari
Qulay navigatsiya
Mijoz bo‘limlar va opsiyalarning mantiqiy hamda intuitiv joylashuvi tufayli o‘ziga kerakli narsani bir zumda topa oladi. Asosiy ekranda vidjetlarning ko‘rinishi va joylashuv tartibini sozlash imkoniyati mavjud. Adaptiv grafik interfeys qurilmaning har qanday ekran o‘lchamiga avtomatik tarzda moslashadi.
Kengaytirilgan funksiyalar
Mobil bankning barcha standart operatsiyalaridan tashqari, yechim bir qator qo‘shimcha funksional imkoniyatlarga ega: ma’lumotlarni kiritish maydonlaridagi qiymatlarni nazorat qilish, kartoteka yuritish, uzluksiz qidiruv, qulay filtrlar, hujjatning ko‘rgazmali hayotiy sikli, ma’lumotnomalarni ABT bilan avtomatik sinxronlash, shablonlarni yaratish va o‘zgartirish va boshqalar.
Takomillashtirilgan xavfsizlik tizimi
Kuchaytirilgan xavfsizlik protokollari tizimni zaifliklardan ishonchli himoya qiladi va ilova ishlashini sekinlashtirmagan holda ma’lumotlarni saqlaydi. Ikki bosqichli autentifikatsiya (SMS, ERI, OTP-tokenlar), ma’lumotlarni xavfsiz uzatish va tranzaksiyalarni tasdiqlash funksiyalari yoqilgan.
Zamonaviy platforma
Kuchli platforma tezlik, moslashuvchanlik va ko‘p funksiyalilik bo‘yicha foydalanuvchilarning barcha talablariga javob beradi. Ko‘p tilli interfeys ko‘rsatilgan ma’lumotlar tilini bitta tugma bilan almashtirish imkonini beradi. Ilovada to‘laqonli brending imkoniyati mavjud: ekranda ko‘rsatiladigan elementlarni bankning dolzarb vazifalariga muvofiq o‘zgartirish oson.
Amalga oshirilgan loyihalar
Nimalar qilindi?
Colvir bank tizimini joriy etish doirasida 105 ta modul va opsiyalar, jumladan, jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan mobil ilova o‘rnatildi.
Mijoz nimalarga ega bo‘ldi?
“Turonbank” mijozlar tajribasini yaxshilaydigan qulay va tezkor mobil ilovaga ega bo‘ldi.
"Bank sohasidagi tezkor o‘zgarishlar shubhasiz va Turonbank bu borada ilg‘or bo‘lib qolishga intilmoqda. Maqsadimiz — raqamli kanallar orqali mijozlarga uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash. Yaqinda MDH mamlakatlaridagi AT-yetakchi Colvir bank tizimiga o‘tganimiz ko‘pchilik banklarda mavjud bo‘lmagan yagona bank tajribasini taqdim etadi. Endi mijozlar turli filiallardagi hisobvaraqlarini boshqara oladi, jismoniy shaxslar esa mobil ilovamiz orqali kreditlar va hisobvaraqlarni boshqarish kabi xizmatlardan foydalanishi mumkin. Korporativ mijozlar ham mablag‘larni onlayn boshqarish imkoniyatidan foyda ko‘radi. Ayni paytda bankning ustuvor vazifasi 2025-yil oxirigacha transformatsiya jarayonini yakunlashdan iborat".
Chori Mirzayev
Turonbank ATB Boshqaruvi raisi
Natija
  • Optimal

    Colvir ABTga ega banklar uchun eng yaxshi yechim: samarali, tez va xavfsiz
  • Dolzarb

    Mijozlar talab qiladigan funksionallik va qo‘shimcha kengaytirilgan imkoniyatlar
  • Texnologik

    Zamonaviy texnologiyalar va qulay interfeys
Mahsulot haqidagi yangiliklar
Colvir Turkmanistonda birinchi Colvir Live: Banking Technologies onlayn-konferensiyasini o‘tkazdi
Colvir Turkmanistonda bank texnologiyalari bo‘yicha birinchi onlayn-konferensiyani gibrid formatda o‘tkazdi. 2026-yil mahsulot yangilanishlari muhokama qilindi, Colvir Camp o‘qishi e’lon qilindi.
20 феврал 2026 , 08:00 Ashxobod, Turkmaniston
Colvir bank tizimi Turonbankka biznesni rivojlantirishda yordam beradi
Colvir mutaxassislari tizimni joriy etish va ishga tushganidan bir yil o‘tib uning ishlashi haqida so‘zlab beradi
Afzalliklar Colvir Software Solutions
Ishonchli 100% muvaffaqiyatli loyihalar
Oddiy Mahsulot modullarining yadrodan mustaqilligi
Dolzarb Bank mahsulotlari va servislar boyicha xalqaro amaliyot
Istiqbolli Daromadning 100% tizimni rivojlantirishga yonaltiriladi
Ommabop MDH bo‘ylab mahalliylashtirishlar
Qulay Moslashuvchanlik va mijozga yo‘naltirilganlik
Savollaringiz qoldimi?
Hozir so‘rov qoldiring — mutaxassisimiz siz bilan imkon qadar tez bog‘lanadi va Colvir mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot beradi

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada sizga qayta qo‘ng‘iroq qilamiz