11 декабр 2023, 02:00,
Toshkent, Oʻzbekiston
Colvir mutaxassislari tizimni joriy etish va ishga tushganidan bir yil o‘tib uning ishlashi haqida so‘zlab beradi
Colvir bank tizimi Turonbankka biznesni rivojlantirishda yordam beradi
2022-yil 5-sentabr kuni O‘zbekistonning yirik banklaridan biri Turonbank Colvir avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlashni boshladi. 1990-yildan beri moliya bozorida faoliyat yuritayotgan «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki aholiga keng xizmatlar spektrini taklif etadi, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida 20 ta filialga ega va yuridik shaxslar hamda xususiy mijozlar bilan muvaffaqiyatli ishlaydi. Colvir bank tizimini tanlash rivojlanish va kutilganidan yuqori mijoz tajribasini ta’minlash ehtiyoji bilan asoslangan edi.
Turonbank — Colvir’ning O‘zbekistondagi ikkinchi mijozi. Bir yil oldin, 2021-yil avgust oyida, Aloqabank Colvir bank tizimiga o‘tgan edi.
Turonbank tomonidan dunyoning 30 dan ortiq banki ishlaydigan Colvir tizimining tanlanishi butun kompaniya uchun muhim va mas’uliyatli voqeadir. Turonbank mintaqa moliya bozorida barqaror, foydali va uzoq muddatli o‘yinchi sifatida o‘zini namoyon qilgan. Universal, kompleks, avtomatlashtirilgan Colvir tizimi bankka resurslarni istiqbolli yo‘nalishlarga bo‘shatish, mijoz bazasini oshirish va diversifikatsiya qilish hamda bank xizmatlari sifatini mukammallikka yetkazish imkonini beradi. Biz Turonbank bilan hamkorlik qilish, bankka bank ishini tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarini taqdim etish imkoniyatidan juda mamnunmiz.
Veronika Sazonova
Colvir Software Solutions’da bank akkaunt-menejeri
Colvir bank tizimini joriy etish doirasida mijozga 105 ta modul va opsiya o‘rnatildi, jumladan Colvir ERP, ko‘p kanalli xizmat ko‘rsatish, Colvir Treasury, talablarga muvofiqlik va risklarni boshqarish, analitik tizim, Servis shinasi, «Mijozlar va hisobvaraqlar», «Kreditlar», «To‘lov tizimi» modullari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar uchun mobil ilovalar.
Aloqabankda Colvir ABS joriy etish tajribasiga ega bo‘lganimiz uchun Turonbank loyihasida jamoamizga ancha oson bo‘ldi. Biz jarayonlarni tushundik va Turonbankdagi startni yengillashtirish uchun oldingi loyihaning barcha nozik jihatlarini hisobga oldik. Shunga qaramay, loyiha ko‘lamini inobatga olib, Colvir tomondan katta jamoa ajratildi — kompaniyaning 373 xodimi u yoki bu darajada loyihada ishtirok etdi. Yadro, Colvir platformasi va barcha zarur modul hamda opsiyalarni o‘rnatishdan tashqari, Turonbank uchun yangi yechimlar amalga oshirildi. Ular orasida: jismoniy va yuridik shaxslar uchun mobil ilovalarni ishlab chiqish va joriy etish, OFB protsessingi bilan integratsiya, ADM (avtomatik depozit mashinalari) bilan integratsiya bor
Andrey Rubtsov
Colvir Software Solutions joriy etish loyihasi menejeri
Turonbankdagi ishga tushirish muvaffaqiyatini loyihaga jalb qilingan bank va Colvir qo‘shma jamoasi, shuningdek, Turonbank menejmenti ta’minladi: ular doimo aloqada bo‘ldi va amalga oshirishning barcha bosqichlarida yordam berdi. Tomonimizdan eski tizimdan ma’lumotlarni migratsiya qilish jarayoniga katta kuch sarflandi. Turonbankning Colvir ABS’ga o‘tish jarayoniga 4 bayram kuni ajratildi, bu risklarni sezilarli kamaytirdi va o‘z vaqtida start berish imkonini berdi. Colvir ABS joriy etilishi natijasida bank texnologik jihatdan yangi, tezkor va xavfsiz yechim, faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha mahsulotlarni rivojlantirish imkoniyatini oldi. Bank tizimimiz bilan Turonbank mijozlarga yaxshilangan servis, kengaytirilgan mahsulot liniyasi va sifatli masofaviy xizmat ko‘rsatishni taklif qila oladi.
Veronika Sazonova
Colvir Software Solutions’da bank akkaunt-menejeri
Ishga tushirilganidan bir yil o‘tib, Turonbank Colvir bank tizimi imkoniyatlaridan maksimal darajada muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Bank xodimlari tizimni ijobiy baholaydi. Colvir mahsulotlarini joriy etish ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha aksariyat qo‘lda bajariladigan jarayonlarni avtomatlashtirishga, bankning operatsion unumdorligi va biznes-jarayonlari samaradorligini oshirishga imkon berdi.
Colvir mobil ilovasi sezilarli yutuqlarga erishdi — keng funksionalga ega raqobatbardosh yechim marketplace’larda yuqori baholar olmoqda.
Biz mobil ilovani O‘zbekistondagi joriy etish loyihalari doirasida ishlab chiqdik. Bugungi kunda yechim chiqarilgan, uning barqaror relizlari Turonbankda muvaffaqiyatli ishlamoqda. Bu yechimni boshqa mavjud mintaqalarimizga ham tirajlashni rejalashtiryapmiz.
Vitaliy Terentyev
Colvir Software Solutions texnik departamenti direktori
Colvir yechimi raqamli bank xizmatining barcha dolzarb trendlarini hisobga oladi: ekotizimli yondashuv, zamonaviy texnologiyalar va birinchi darajali mijoz tajribasi.
Mobil ilovamiz Colvir ABS bilan ishlaydigan banklar uchun eng yaxshi yechim sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Biz mahsulotni tez va sifatli joriy etdik. Natijada bank barcha asosiy funksionalni va kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadigan, zamonaviy texnologiyalar va qulay interfeysni birlashtirgan raqobatbardosh ilovaga ega bo‘ldi. Turonbank xodimlari va mijozlari yechimimiz tezligi va qulayligini yuqori baholadi.
Veronika Sazonova
Colvir Software Solutions’da bank akkaunt-menejeri
Colvir Software Solutions’da bank akkaunt-menejeri
Moliya xizmatlari bozoridagi yetakchi mavqeni saqlab qolish uchun Turonbank boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilishda davom etmoqda, Colvir Software Solutions esa bank rivojining har bir bosqichida qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z yechimlari, tajribasi va ekspertizasini tayyor holda taqdim etadi. Vendor va bankning qo‘shma rejalarida: mijozlarni segmentatsiya qilish, MIS hisobotlarini takomillashtirish va mobil ilovani rivojlantirish bor.
Colvir kompaniyasi Turonbankni transformatsiya va jarayonlarni barqarorlashtirish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabriklaydi, bu bank oldida yangi istiqbollar, ambitsiyalar va maqsadlar darajasini ochadi.
Colvir Software Solutions yechimlari namoyishi uchun sales@colvir.com manziliga yozing. Mahsulot takomillashtirishlari va yangilanishlari haqida so‘zlab beradigan vebinarlarimizdan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun anons oluvchilar formasini to‘ldiring. Colvir Telegram kanaliga obuna bo‘lib, fintex-industriyaning qiziqarli yangiliklari va voqealaridan xabardor bo‘ling.