Biznes uchun mobil bank

Colvir mobil bankining asosiy vazifasi – yuridik shaxslarga smartfon ekrani orqali masofaviy bank xizmatlaridan oson va qulay foydalanish imkoniyatini taqdim etish. Biznes uchun mobil bankdan foydalanish banklarga ofislardagi ish yukini kamaytirishga, uskunalarga ketadigan xarajatlarni optimallashtirishga va faol sotuvlar uchun raqamli kanallardan foydalanishga yordam beradi. Muntazam yangilanishlar tufayli yechim zamonaviy va texnologikligicha qoladi. Biznes uchun mobil bank Colvir Software Solutions’ning boshqa bir mahsuloti – Biznes uchun internet-bankning deyarli barcha imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan. U Colvir ABT foydalanuvchilariga yaxshi tanish hamda bank mijozlari tomonidan yuqori baholanadi.

Mahsulot afzalliklari
Qulay navigatsiya
Foydalanuvchi bo‘limlar va opsiyalarning mantiqiy va intuitiv joylashuvi tufayli o‘ziga kerakli narsani darhol topadi. Asosiy ekranda vidjetlarning ko‘rinishi va tartibini sozlash imkoniyati mavjud. Moslashuvchan grafik interfeys qurilmadagi har qanday ekran o‘lchamiga avtomatik moslashadi.
Kengaytirilgan funksional
Mobil bankning barcha standart operatsiyalaridan tashqari, yechim bir qator qo‘shimcha funksional imkoniyatlarga ham ega: ma’lumotlar kiritiladigan maydonlardagi qiymatlarni nazorat qilish, kartoteka yuritish, yagona qidiruv, qulay filtrlar, hujjatning ko‘rgazmali hayotiy sikli, ma’lumotnomalarni ABT bilan avtomatik sinxronlash, shablonlarni yaratish va o‘zgartirish hamda boshqa ko‘plab imkoniyatlar.
Mukammal xavfsizlik tizimi
Kengaytirilgan xavfsizlik protokollari tizimni zaifliklardan ishonchli himoya qilib, ilova ishini sekinlashtirmagan holda ma’lumotlar saqlanishini ta’minlaydi. Ilovada foydalanuvchilarning kirish huquqlarini sozlash Colvir Internet-banki bilan birlashtirilgan. Ikki bosqichli autentifikatsiya (SMS, ERI, OTP-tokenlar), ma’lumotlarni xavfsiz uzatish va tranzaksiyalarni tasdiqlash funksiyalari mavjud.
Zamonaviy platforma
Quvvatli jihozlangan platforma tezlik, moslashuvchanlik va ko‘p funksionallik bo‘yicha foydalanuvchilarning barcha talablariga javob beradi. Ko‘p tilli interfeys aks ettirilgan ma’lumotlar tilini bir tugma orqali o‘zgartirish imkonini beradi. Ilovada to‘liq brending imkoniyati joriy etilgan: vizual elementlarni bank va foydalanuvchining joriy vazifalariga muvofiq osongina o‘zgartirish mumkin.
Amalga oshirilgan loyihalar
Nimalar qilindi?
Colvir bank tizimini joriy etish doirasida yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan mobil ilovani ham o‘z ichiga olgan 105 ta modul va opsiya o‘rnatildi.
Mijoz nimalarga ega bo‘ldi?
"Turonbank" mijozlarga yanada yaxshi servis va sifatli masofaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
"Bank sohasidagi tezkor o‘zgarishlar shubhasiz va Turonbank bu borada ilg‘or bo‘lib qolishga intilmoqda. Maqsadimiz — raqamli kanallar orqali mijozlarga uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash. Yaqinda MDH mamlakatlaridagi AT-yetakchi Colvir bank tizimiga o‘tganimiz ko‘pchilik banklarda mavjud bo‘lmagan yagona bank tajribasini taqdim etadi. Endi mijozlar turli filiallardagi hisobvaraqlarini boshqara oladi, jismoniy shaxslar esa mobil ilovamiz orqali kreditlar va hisobvaraqlarni boshqarish kabi xizmatlardan foydalanishi mumkin. Korporativ mijozlar ham mablag‘larni onlayn boshqarish imkoniyatidan foyda ko‘radi. Ayni paytda bankning ustuvor vazifasi 2025-yil oxirigacha transformatsiya jarayonini yakunlashdan iborat".
Chori Mirzayev
Turonbank ATB Boshqaruvi raisi
Natija
  • Optimal

    Colvir ABTga ega banklar uchun eng yaxshi yechim: samarali, tez va xavfsiz
  • Dolzarb

    Mijozlar talab qiladigan funksionallik va qo‘shimcha kengaytirilgan imkoniyatlar
  • Texnologik

    Zamonaviy texnologiyalar va qulay interfeys
Afzalliklar Colvir Software Solutions
Ishonchli 100% muvaffaqiyatli loyihalar
Oddiy Mahsulot modullarining yadrodan mustaqilligi
Dolzarb Bank mahsulotlari va servislar boyicha xalqaro amaliyot
Istiqbolli Daromadning 100% tizimni rivojlantirishga yonaltiriladi
Ommabop MDH bo‘ylab mahalliylashtirishlar
Qulay Moslashuvchanlik va mijozga yo‘naltirilganlik
Savollaringiz qoldimi?
Hozir so‘rov qoldiring — mutaxassisimiz siz bilan imkon qadar tez bog‘lanadi va Colvir mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot beradi

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada sizga qayta qo‘ng‘iroq qilamiz