Colvir ERP — tashkilotning xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini samarali boshqarish uchun mo‘ljallangan integratsiyalashgan tizim. Mazkur mahsulot xodimlar bilan ishlash, ularga ish haqini hisoblash va o‘tkazish, kontragentlar bilan shartnomalarni tuzish va ularni yuritish, to‘lanadigan va olinadigan hisoblarni rasmiylashtirish va to‘lash, moddiy va nomoddiy aktivlarni boshqarish hamda ularni inventarizatsiya qilish, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish uchun keng qamrovli vositalar to‘plamini taklif etadi.
Tashkilot xodimlari har kuni bajaradigan yuzlab operatsiyalar Colvir ERP yordamida tezroq, aniqroq va osonroq amalga oshiriladi. Ma’lumotlardagi har qanday o‘zgarish tizimning barcha modullarida aks etadi, bu esa o‘zaro aloqa tezligini oshirish va ma’lumotlar takrorlanishining oldini olish imkonini beradi. Real vaqt rejimida doimiy yangilanib turuvchi ma’lumotlar xodimlarning ish samaradorligini va bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga, barcha operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlashga hamda reja va prognozlarning aniqligini, qaror qabul qilish tezligini oshirishga yordam beradi.