“Kredit front-ofisi” moduli potensial qarz oluvchilardan kredit arizalarini qabul qilish, kredit berish imkoniyatini baholash va kelib tushgan arizalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
“Kreditlar” moduli yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan kredit shartnomalariga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.
“Iste’mol kreditlari” moduli iste’mol kreditlarining ikki keng tarqalgan shaklini qo‘llab-quvvatlaydi:
1) iste’mol kreditlari jismoniy shaxslarga naqd pulsiz va naqd shaklda beriladi
2) iste’mol kreditlari jismoniy shaxslarga xarid qilingan tovar / xizmat ko‘rinishida to‘lovni kechiktirish sharti bilan beriladi.
“Ipoteka kreditlari” moduli milliy va xorijiy valyutadagi standart ipoteka kreditlash mahsulotlarini qo‘llab-quvvatlaydi:
• yangi uy-joy qurilishi uchun beriladigan kreditlar
• tayyor uy-joy sotib olish uchun beriladigan kreditlar.
Kreditlar mol-mulk garovi ostida beriladi.
“Talab huquqini o‘tkazish” moduli tarkibida ikkita opsiya mavjud:
• Talab huquqini o‘tkazish
• Talab huquqini sotib olish.
“Lizing” moduli mol-mulkni sotib olish va uni ishlab chiqarish maqsadlarida ijaraga berish bo‘yicha lizing bitimlarini yuritish uchun mo‘ljallangan.
“Ta’minotni hisobga olish” moduli garov shartnomalari va garov mulki bazasini, shuningdek boshqa turdagi ta’minotlarni yuritishni nazarda tutadi.
“Kredit byurosi bilan interfeys” moduli quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
• “Kredit byurosi” tashqi tizimiga qarz oluvchilar, kreditlar, kredit liniyalari, kafolatlar, akkreditivlar va ularga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish
• kredit tarixlari subyektlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish va yangilash.
Opsiyaning funksional imkoniyatlari quyidagilarni ta’minlaydi:
• belgilangan sanadagi ma’lumotlar ombori shartnomalari ro‘yxatlari bo‘yicha kredit byurosi uchun xabarlar paketlarini shakllantirish
• yuklab chiqarilayotgan ma'lumotlardagi majburiy maydonlar to'ldirilganligini nazorat qilish
• ma’lumotlar omborida bitimlar va kontragentlarni yuritish vazifalarida yuklab chiqarilayotgan shartnomalar bo‘yicha majburiy maydonlar qiymatlarini tahrirlash va keyinchalik yuklab chiqarish uchun ma‘lumotlarni tezkor yangilash
• xatoli paketlarni o‘chirish
• tayyor xabarlar paketlarini XML formatidagi fayl ko‘rinishida yuklab chiqarish.
“Muammoli qarzdorlik” moduli to'lovga layoqatsizlik belgilari mavjud bo‘lgan shartnomalarni muammoli qarzdorlikka xos operatsiyalarni bajarish uchun alohida kartotekaga joylashtirish imkonini beradi.
“Kredit tavakkalchiliklari(zaxiralarni hisoblash)” moduli turli metodikalar bo‘yicha aktivlar va shartli majburiyatlar uchun zaxiralarni (qadrsizlanishni) hisoblashga mo‘ljallangan.
“Moliyaviy holat tahlili” moduli mijozlar va kontragentlarning (qarz oluvchi, sherik qarz oluvchi, debitor, qarzdor, kafil, kafolat beruvchi) moliyaviy holatini tahlil qilish va monitoringini yuritish, kontragentlarning kredit reytingini hisoblash hamda jismoniy shaxslarning skoringini amalga oshirish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.