1989 kompaniyaga asos solindi
2011 Colvir Software Solutions bilan hamkorlikning boshlanishi

Senagat banki – Turkmanistondagi dastlabki tijorat banklaridan biridir. Tashkilot savdo va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlar hamda korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Bank milliy va xorijiy valyutalarda hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bir qatorda, kreditlash dasturlari va loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirib, mamlakatning bozor iqtisodiyotidagi o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Senagat mamlakatda birinchilardan bo‘lib kichik va o‘rta biznesni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni boshlagan. Bank xizmatlaridan xususiy tadbirkorlar, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, kichik va o‘rta biznes vakillari, qo‘shma korxonalar hamda xorijiy kompaniyalar foydalanadi. Bankning filiallari Turkmanistonning barcha viloyat markazlarida mavjud.

COLVIR MAHSULOTLARI
Bank Colvir bank tizimining 40 dan ortiq modulidan foydalanadi
Bank tizimi
Современная платформа для эффективного ведения банковского бизнеса с широким набором функциональных модулей
Colvir ERP
Colvir ERP берет под контроль расходы закупочной деятельности и приводит к снижению издержек по ведению АХД.
Internet-bank
Внедрение продуктов дистанционного банковского обслуживания улучшило клиентский опыт и снизило нагрузку на отделения банка.
Senagat banki yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan muvaffaqiyatli mahsuloti yordamida o‘zining raqobatbardosh ustunliklarini sezilarli darajada kuchaytirdi, texnologik va zamonaviy bank sifatidagi obro‘sini mustahkamladi hamda yangi mijozlarni jalb qildi.
Biz ancha vaqtdan buyon Colvir kompaniyasining mijozi va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan internet-banking mahsulotining foydalanuvchisi bo‘lib kelamiz. Bank mijozlari soni sezilarli darajada ortgach, mahsulotni yangilashga ehtiyoj tug‘ildi. Taqdim etilgan yechimning eng yaqqol afzalliklari sirasiga keng funksionallik, mijozlar uchun qulay interfeys, zamonaviy AT talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan, uzluksiz ishlash va kiberxavfsizlikni ta’minlovchi internet-bank arxitekturasi hamda ABT bilan to‘liq integratsiya kiradi. Mahsulot ishidan ham bank mijozlari, ham AT bo‘limi xodimlari va internet-bank bilan ishlaydigan mutaxassislar mamnun. Asosiy taassurotlar — qulaylik, ma’lumotlarni qayta ishlashning yuqori tezligi va qog‘ozbozlikning keskin kamayishi. Bank sohamizda yangi texnologiya va mahsulotlar jadal joriy etilmoqda, shuning uchun bankimiz uchun yangi yechimlarni tatbiq etish kun tartibida ekanini his qilyapman va bunga ishonchim komil!
Mergen Amanov
loyiha menejeri, Senagat ATB, Turkmaniston

Turkmanistonda AT sohasi jadal rivojlanmoqda va bu, ayniqsa, bank sohasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bank mijozlari biznesni boshqarishda bankka bormasdan turib ko‘plab amaliyotlarni bajarish imkonini beruvchi tizimning funksionalligini yuksak qadrlaydilar. Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan Internet-bankning yuqori samaradorligi va ishonchliligi Senagat bankini tadbirkorlar uchun yanada jozibali qiladi.

Turkmanistonda masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi bilan mijozlar tomonidan bank operatsiyalaridan uzoqdan turib foydalanishga bo‘lgan talab yaqqol sezila boshladi. Mahsulot yetkazib beruvchini tanlashdagi ishonch, loyihani amalga oshirish davomidagi hamjihatlik hamda savol va takliflarga tezkorlik bilan javob bergani uchun bank jamoasiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Senagat bankiga mahsulotlarni transformatsiya qilishda yordam berish – kompaniyamiz uchun katta sharaf va yoqimli mas’uliyat.
Marina Grebenik
Bankning Colvir Software Solutions kompaniyasidagi akkaunt menejeri

Colvir’ning zamonaviy texnologik platformadagi yuridik shaxslar uchun internet-banki — bu adaptiv dizayni tufayli mijozning turli qurilmalarida foydalanish imkoniyatini beruvchi, masofaviy xizmat ko‘rsatish uchun qulay va funksional vositadir. Mijoz tajribasini yaxshilash iste’molchilar sadoqatini oshiradi va biznesning daromadliligini ko‘paytiradi. Mijoz mamnun bo‘lsa, biznes muvaffaqiyatli bo‘ladi.

MUVAFFAQIYAT RAQAMLARDA
  • 1000 nafar foydalanuvchi YSHIBning avvalgi versiyasidan foydalangan
  • 2300 nafar foydalanuvchi 2022-yil sentyabr oyida YSHIBning yangi versiyasida qo‘shildi
  • 24/7 Jarayonlarni avtomatlashtirish Senagat bankining o‘sishi va rivojlanishini ta’minlagan omillardan biridir
  • Mijozlarning hurmati va ishonchi — Colvir Software Solutions muvaffaqiyatining asosiy ko‘rsatkichi

Colvir Software Solutions mutaxassislari bankning talablari va o‘ziga xos jihatlarini hisobga olib, yuridik shaxslarga masofaviy xizmat ko‘rsatish yechimini zarur darajada takomillashtirdi va sozlab berdi. Shuningdek, biz yuridik shaxslar uchun yangi internet-banking tizimi bilan ishlash maqsadida Integratsiya shinasining versiyasini yangiladik. Mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bizning yechimimiz bankning infratuzilma uzluksizligi va xavfsizligiga oid qat’iy talablariga javob beradi, qulay va tushunarli interfeysga ega hamda Colvir bank tizimi bilan uzviy integratsiyalashgan. Ushbu yechimning Senagat bankida joriy etilishi mijozlar orasida yuridik shaxslar uchun internet-banking foydalanuvchilari soni ortishiga, operatsiyalar miqdori ko‘payishiga va bankning bek-ofisi tomonidan ma’lumotlarni qayta ishlash tezligi oshishiga olib keldi.
Aliya Kairbekova
Colvir Software Solutions kompaniyasida loyihalarni joriy etish rahbari

Colvir kompaniyasining yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan texnologik yechimi — “Internet-bank” tizimi tufayli Senagat mijozlari bank bo‘limlarida navbat kutmaydi. Bu ularga o‘z vaqtini tejash, bankning amaliyot ofislari va menejerlariga tushadigan yuklamani kamaytirish imkonini beradi. Natijada bankdagi jarayonlar tezlashadi va mijozlar Senagat’da xizmat ko‘rsatish afzalliklarini his qiladi.

COLVIR YUTUQLARI
Colvir va mijoz muvaffaqiyatlari chambarchas bog‘liqdir
  • Bozorni bilish

    Senagat ATB — Turkmanistonning Colvir bank tizimida muvaffaqiyatli va samarali ishlayotgan 8 bankidan biri.
  • Zamonaviy mahsulotlar

    Colvir mijozlari iste’molchilarga ilg‘or va ishonchli servislarni birinchilardan bo‘lib taklif qilish imkoniyatiga ega.
  • Uzoq muddatli munosabatlar

    2011 yildan buyon Colvir kompaniyasi Senagat bankini rivojlantirish bo‘yicha texnologik loyihalarning ishonchli hamkori va ishtirokchisi bo‘lib kelmoqda.
  • Barqaror rivojlanish

    Senagat bankida Colvir mahsulotlarining yangilanishi tufayli yangi mijozlar ro‘yxatdan o‘tishi va ular amalga oshirayotgan tranzaksiyalar sonida barqaror o‘sish kuzatilmoqda.

Colvir Software Solutions va Senagat banki: birgalikda katta muvaffaqiyat sari muhim qadamlar tashlamoqdamiz!

Savollaringiz qoldimi?
Hozir so‘rov qoldiring — mutaxassisimiz siz bilan imkon qadar tez bog‘lanadi va Colvir mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot beradi

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada sizga qayta qo‘ng‘iroq qilamiz