Hisoblashlar va ushlab qolishlar
Ish haqining rejali va rejadan tashqari hisoblashlarini turli usullarda qo‘llab-quvvatlash: summa, foiz yoki ishlangan vaqt bo‘yicha. Parametrlarni moslashuvchan sozlash tizimi. Individual va ommaviy hisob-kitoblar.
To‘lovlar va hisobotlarni shakllantirish
Kassa orqali berish, bank hisobvaraqlariga yoki xodimlarning plastik kartalariga o‘tkazish uchun to‘lovlarni shakllantirish. Xodim, korxona va uchinchi tomon tashkilotlari uchun barcha turdagi hisobotlarni avtomatik shakllantirish.
Mukofotlar va ortiqcha ish vaqti
Oylik, bir martalik va choraklik mukofotlar, bayram va dam olish kunlaridagi ish, ortiqcha ish va tungi soatlar uchun mehnatga haq to‘lash.
Ta’tillar, kasallik varaqalari va kompensatsiyalar
Mehnat, o‘quv va qo‘shimcha ta’tillar uchun to‘lovlarni hisoblash, kompensatsiyalarni to‘lash, kasallik varaqalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.
Soliqlar va badallar
Har qanday soliqlar va badallarni xodimdan ham, korxonadan ham hisoblash va ushlab qolish.
Hisob-kitoblar va ularni sozlash
Xodim bo‘yicha barcha turdagi hisob-kitoblar, tafsilotlarni ko‘rish imkoniyati bilan. Fayllarni import qilish va qayta ishlash, ommaviy va test hisob-kitoblari mavjud. Hisob-kitob elementlarini yaratish va sozlash: ushlab qolishlar, hisoblashlar, hisob-kitob ko‘rsatkichlari, ish vaqti miqdori. Hisob-kitob guruhlarini yuritish, hisobotlar uchun elementlar guruhlarini sozlash.