“Shartnomalarni yuritish” moduli turli tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish hamda realizatsiya qilish bo‘yicha kontragentlar bilan shartnomalarni yaratish va yuritish uchun mo‘ljallangan.
Modul funksiyalari
Yetkazib beruvchilarni tahlil qilish
Yetkazib beruvchilarni baholash va reytinglash tizimini yaratish. Bu tizim yetkazib beruvchilarning shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq risklarni boshqarishga hamda belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishishini nazorat qilish orqali kompaniya oladigan qiymatni maksimal darajada oshirishga yordam beradi.
Shartnomalar bilan ishlash
Shartnoma jadvaliga muvofiq to‘lov va yetkazib berish bo‘yicha hujjatlarni avtomatik yaratish. Proviziyalarni hisoblash. Jarimalarni hisoblash. Shartnomalar bilan hisoblash usuli bo‘yicha ishlash. Shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
Moliyaviy ijara shartnomalari bilan ishlash (MHXS 16)
Instrument moliyaviy ijara shartnomalari bilan ishlashning butun siklini qo‘llab-quvvatlaydi, ijaraga olingan obyekt esa shartnoma amal qilish muddati davomida “Asosiy vositalar” modulida keltirilgan qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Tizim shartnoma grafigini belgilangan parametrlarni hisobga olgan holda moslashuvchan shakllantirishni ta’minlaydi: diskontlash stavkasi, oylik ijara to‘lovlari miqdori, shartnoma amal qilish muddati. Shartnoma shartlari o‘zgarganda tizim shartnoma grafigini avtomatik qayta hisoblashni va balansdagi asosiy vositaning hisob qiymatini dolzarblashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Shartnomalar hisobini yuritish
Oldindan sozlangan shablon asosida shartnoma yaratish. Tashqi tizimlardan import qilingan shartnomalarni qayta ishlash. Shartnomalar bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvlar bilan ishlash imkoniyati. Kelgusi davr xarajatlari amortizatsiyasi bilan shartnomalarni yuritish. Shartnoma bo‘yicha xabarnomalarni sozlash va shakllantirish. Hujjatlar va hisobotlarning bosma shakllarini yaratish.
To‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirish sharti bilan asosiy vositalarni realizatsiya qilish shartnomalari bilan ishlash
Instrument so‘ndirilmagan kredit majburiyatlari bo‘yicha ta’minot sifatida qabul qilingan garov mol-mulkini hamda kompaniyaning boshqa aktivlarini realizatsiya qilish bo‘yicha butun biznes-jarayonni qamrab oladi. Ushbu shartnomalar bilan ishlashda tizim grafikni tuzish parametrlarini hisobga oladi: diskontlash va daromadlilik foiz stavkalari, avans to‘lovi, oylik to‘lov miqdori, shartnoma amal qilish muddati.
Modulning asosiy afzalliklari
- Vazifalarni hal qilish uchun keng funksional imkoniyatlar to‘plami
- Biznesning o‘ziga xos ehtiyojlariga oson moslashish
- Vaqtni tejash va ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish
- Tizimning boshqa modullari bilan uzluksiz integratsiya
Yangi mexanizmning afzalliklari
-
Samaradorlik
- Kompaniyada shartnomalarni yuritish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
- Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish va tahlil qilish
- Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha turli hisobotlarni shakllantirish, ular asosida asosli qarorlar qabul qilish va jarayonlarni optimallashtirish mumkin
- Jarayonlarning shaffofligi va boshqariluvchanligini oshirish
-
Tezlik
- Shablonlardan foydalanish va ma’lumotlarni avtomatik to‘ldirish hisobiga hujjatlarni yaratish va tahrirlash tezligini oshirish
- Tizimning boshqa modullari uchun hujjatlarni avtomatik shakllantirish
- Tahlil uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini tezkor yig‘ish
Colvirning boshqa mahsulotlari
Afzalliklar Colvir Software Solutions
Ishonchli
100% muvaffaqiyatli loyihalar
Oddiy
Mahsulot modullarining yadrodan mustaqilligi
Dolzarb
Bank mahsulotlari va servislar boyicha xalqaro amaliyot
Istiqbolli
Daromadning 100% tizimni rivojlantirishga yonaltiriladi
Ommabop
MDH bo‘ylab mahalliylashtirishlar
Qulay
Moslashuvchanlik va mijozga yo‘naltirilganlik
Savollaringiz qoldimi?
Hozir so‘rov qoldiring — mutaxassisimiz siz bilan imkon qadar tez bog‘lanadi va Colvir mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot beradi