To‘lov hujjatlarini shakllantirish
Kontragentlar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov hujjatlarini shakllantirish. Hujjatlarni shartnoma asosida ham, qo‘lda ham yaratish mumkin.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
Xizmat safariga yuborish bo‘yicha farmoyishlarni, shuningdek xo‘jalik xarajatlari uchun moddiy javobgar shaxslarga hisobot asosida beriladigan to‘lovlar bo‘yicha farmoyishlarni shakllantirish. Avans hisobotlarini shakllantirish, xarajatlarni hisobga olish. Korporativ kartalardan foydalangan holda hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni yuritish.
Hujjat bo‘yicha to‘lovni qabul qilish
Kelib tushgan to‘lovlarni monitoring qilish, to‘lovlarni olinadigan hisoblar bilan avtomatik solishtirish va yopish. Tovarlar va xizmatlar bo‘yicha to‘lov holatini shartnoma grafigida aks ettirish. Kontragentlarga tovarlarni jo‘natish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq hujjatlarni shakllantirish va qayta ishlash.
Hujjatlar bo‘yicha to‘lov
Balans provodkalarini shakllantirgan holda hujjatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish. QQSni hisobga olish. Tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni “Shartnomalarni yuritish” modulidagi tegishli shartnoma grafigida aks ettirish. To‘lov summalarini xarajatlar tarkibiga kiritish. Soliq hisobvaraq-fakturalarini shakllantirish.
Olinadigan hisoblarni shakllantirish
Kontragentlarga yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan hisoblarni shakllantirish. Hujjatlarni shartnoma asosida ham, qo‘lda ham yaratish mumkin.
Majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish
Olinadigan hisoblar bilan bog‘liq jarima sanksiyalari, qarzdorliklar va daromadlarni hisobga olish. Olinadigan hisob bo‘yicha qarzdorlikni muddati o‘tgan qarzdorlikka o‘tkazish. Olinadigan hisoblar bilan bog‘liq umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish imkoniyati.