Colvir ekspertlari Colvir ERP funksionalining bir qator talabgir yangilanishlarini taqdim etdi
2023-yil oxirida Colvir mutaxassislari Colvir ERP mahsulotiga bag‘ishlangan vebinarlar seriyasini o‘tkazdi. Mijozlar xodimlariga «Ish haqi», «Personal», «Asosiy vositalar» modullarida amalga oshirilgan eng dolzarb yangilanishlar taqdim etildi.
Colvir Software Solutions ekspertlari quyidagi mavzularni batafsil ochib berdi:
- hisoblashlar va ushlanmalar importi funksionalini kengaytirish
- ommaviy buyruqlarning yangi turlari (masalan, o‘qitish yoki intizomiy jazo haqida)
- xodim ishdan bo‘shaganda o‘qitish uchun summani ushlab qolish
- «Bo‘lib-bo‘lib realizatsiya» opsiyasi
- sud qarori bo‘yicha xodimni ishga tiklash
Namoyish etilgan funksionallikka ehtiyoj kadrlar bo‘limi xodimlari ishida muntazam yuzaga keladi.
«Personal» va «Ish haqi» modullarida ommaviy buyruqlarning yangi turlari paydo bo‘lishi kompaniya kadrlar salohiyatini boshqarishni ancha samarali, shaffof va qulay qiladi, bank mutaxassislariga personal bilan o‘zaro ishlash va uni rivojlantirishning asosiy jihatlariga e’tibor qaratish, rutin operatsiyalarni esa Colvir tizimiga topshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, vebinarda «Asosiy vositalar» modulining yangi «Mulkni bo‘lib-bo‘lib realizatsiya qilish» opsiyasi taqdim etildi. Uning asosiy funksiyasi — bank mulkini realizatsiya qilish shartnomalarini yuritishni avtomatlashtirish.
Colvir ERP mahsuloti doimiy rivojlanmoqda, eng yaqin vebinarda personal bo‘yicha buyruqlarni Excel faylidan import qilish imkoniyati taqdim etiladi. Colvir ABS bilan ishlaydigan kompaniyalar xodimlarini saytdagi maxsus forma orqali tadbirga ro‘yxatdan o‘tishga taklif qilamiz.
Colvir Software Solutions yechimlari namoyishini so‘rash uchun sales@colvir.com manziliga yozing. Colvir Telegram kanaliga obuna bo‘lib, fintex-industriyaning qiziqarli yangiliklari va voqealaridan xabardor bo‘ling.