Tojikistondagi Aktiv Bankda plastik kartalar uchun yechim joriy etildi

21 октябр 2024, 05:00, Tojikiston
Colvir ABS’ning SmartVista protsessingi bilan yangi integratsiyasini amalga oshirdi va AktivBank’ga yangi karta yechimiga imkon qadar og‘riqsiz o‘tishda yordam berdi
Tojikistondagi Aktiv Bankda plastik kartalar uchun yechim joriy etildi

Tojikistondagi Aktiv Bankda plastik kartalar uchun yechim joriy etildi
 AktivBank — Tojikistonning universal tijorat banki bo‘lib, 10 yildan ortiq vaqt davomida Colvir bank tizimi bilan muvaffaqiyatli ishlamoqda. Yangi karta protsessingiga o‘tgach, bank vakillari plastik kartalar bilan ishlashni imkon qadar tez qo‘llab-quvvatlash vazifasi bilan Colvir’ga murojaat qildi.

Bank so‘roviga javoban biz ABS bilan integratsiyalashgan, qulay va moslashuvchan mahsulotlar fabrikasiga ega Karta tizimi bek-ofisi moduli bazasidagi yechimni taklif qildik. Bank jamoasining plastik kartalar yo‘nalishidagi yuqori kompetensiyasini alohida ta’kidlash kerak: protsessing markazi tomonidan vazifalar spetsifikatsiyasida vaqti-vaqti bilan yuzaga kelgan murakkabliklarga qaramay, integratsion loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli biznesni rivojlantirish va optimallashtirish, shuningdek mijozlar uchun yangi masofaviy bank imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan bank talablarining barchasini bajarishga muvaffaq bo‘ldik.
Timur Tlegenov
Akkaunt-menejer

“Karta tizimi bek-ofisi” moduli mijozlarga karta mahsulotlarini taqdim etishni avtomatlashtiradi, individual, korporativ, ish haqi, kobrending, servis va boshqa turdagi shartnomalarni, shuningdek, yuqorida sanalgan barcha karta turlarini, jumladan shaxsiylashtirilmagan, oldindan to‘langan va virtual kartalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

AktivBank uchun kartalar maqomi o‘zgarganda protsessing markazidan keladigan ma’lumotlar asosida bank tizimida plastik karta shartnomasi holatini o‘zgartirishga mo‘ljallangan qulay sozlanadigan vosita amalga oshirildi. Yechim SVXP fayllaridan XML formatida foydalangan holda SmartVista tizimining yangi formati bazasida joriy etildi. Amalda bu yangi protsessing markazi mahsulotiga integratsiyadir.
Yuriy Zavorykin
KBO moduli biznes-analitigi

Tojikistonda muomaladagi bank kartalari soni doimiy o‘sib borayotgan sharoitda yechimni joriy etish bank uchun o‘z vaqtida va dolzarb qadam bo‘ldi. Tojikiston Milliy bankining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 7,6 million karta egasi 8,71 million plastik kartadan, bank kartalaridan va boshqa kartalardan foydalanadi. Faqat 2024-yilda to‘lov kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi yanvardagi 700 mln dollardan avgustda 1 milliard dollardan ortiq ko‘rsatkichgacha o‘sdi. Aktiv Bank vakillari yechimni joriy etish loyihasini baholashda Colvir jamoasining yuqori proaktivligi va tashabbuskorligini alohida qayd etdi.

Colvir kompaniyasi yangi protsessing markaziga o‘tish doirasida yangi KBO modulini muvaffaqiyatli joriy etdi. Colvir bilan hamkorlik jarayoni yuqori sifatli ishlab chiqish va vazifalarni tezkor hal etish tufayli silliq kechdi. Hozir biz barqarorlashtirish davridamiz, shuning uchun mahsulot funksionali bo‘yicha to‘liq taassurotlar keyinroq shakllanadi.
Zarina Rakhimova
Bank tizimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i

Colvir Software Solutions bankka hamkorlik uchun minnatdorlik bildiradi va modul bank imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilashi hamda biznes rivoji uchun yangi ufqlar ochishiga ishonch bildiradi. Colvir yechimlari namoyishini so‘rash uchun sales@colvir.com manziliga yozing. Fintex-industriyaning qiziqarli yangiliklari va voqealaridan xabardor bo‘lish uchun Colvir Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish
Mahsulotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar, tadbirlarda ishtirok etish, yangi bo‘sh ish o‘rinlari — Colvir Software Solutions kompaniyasining eng so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘ling!

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada sizga qayta qo‘ng‘iroq qilamiz