Senagat aksiyadorlik tijorat banki — Turkmanistondagi ilk tijorat banklaridan biri. U 1989-yil 18-oktyabrda 22 nafar ta’sischi-paychilar tomonidan Turkmaniston tijorat banki sifatida tashkil etilgan. Bankni tashkil etishdan asosiy maqsad — savdo va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlar va korxonalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Hozirda Senagat ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi va Turkmaniston qonunlariga muvofiq faoliyat yuritadi. Shuningdek, bankning barcha viloyat markazlarida, Turkmaniston poytaxtida hamda Bolqon viloyatining Turkmanboshi va Serdar shaharlarida filiallari mavjud. Toshhovuz viloyatining Gubadog‘ shahrida esa bitta agentligi faoliyat ko‘rsatadi.
Bank raqamlarda
- >371000 mijozga xizmat ko‘rsatiladi
- 31 000 ming manat bankning e’lon qilingan va shakllantirilgan ustav kapitali
- 1840 nafar bank aksiyadori
- 5 2020-yilda bank foydasi va mijozlar soni barobarga oshdi