YSHIB joriy etilishi bilan nafaqat mijozning, balki bank xodimining ham ishi osonlashadi. U endi to‘lovlarni rasmiylashtirishga ko‘p vaqt sarflashi shart emas. Bank xodimiga onlayn to‘lovning o‘zini qayta tekshirishi va agar u to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, “bajarish” amalini amalga oshirishi kifoya. To‘lovni tasdiqlash uchun qo‘shimcha hujjatlar kerak bo‘lganda, bank xodimi ABTda tegishli onlayn xat yaratib, uni mijozning shaxsiy kabinetiga yuborish orqali mijozga murojaat qilishi mumkin. YSHIB – bu oddiy, qulay, tezkor va sifatli yechim.
Colvir kompaniyasining biznes uchun mo‘ljallangan Internet-bankni ishga tushirishi Halqbankni elektron tijorat sohasidagi strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda. Internet-bankingning joriy etilishi xarajatlarni kamaytirib, rentabellikni oshirishga xizmat qiladi. Halqbank yuridik shaxslar uchun internet-bankingni mavjud mijozlarni saqlab qolish va yangilarini jalb qilish vositasi sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, bank an’anaviy ofislarga qaraganda ancha past operatsion xarajatlar evaziga internet orqali bank xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yuridik shaxslar uchun internet-banking mijoz bilan o‘ziga xos muloqot o‘rnatishga imkon beradi: bir tomondan, bank o‘z faoliyati samaradorligini baholay olsa, ikkinchi tomondan, deyarli minimal xarajatlar bilan mijozga kerakli e’tiborni qarata oladi.