“Tovar-moddiy boyliklar” moduli tovar-moddiy boyliklar (TMB) bilan operatsiyalarni avtomatlashtirish, ombor hisobini yuritish va hisobotlarni shakllantirish uchun mo‘ljallangan.
Modul funksiyalari
Tovar-moddiy boyliklar harakatini nazorat qilish va hisobga olish
Materiallar hamda kam qiymatli va tez eskiruvchi buyumlar bo‘yicha operatsiyalarning to‘liq sikli: omborga kirim qilish — sotib olish, bepul kelib tushish; ombordan chiqarish — ishlab chiqarishga berish, realizatsiya qilish, bepul topshirish; omborga qaytarish, omborlar o‘rtasida ko‘chirish, yaroqsiz holga kelgan, yo‘qotilgan yoki ma’naviy jihatdan eskirgan materiallarni balansdan chiqarish.
Zaxiralarni boshqarish
Qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olgan holda materiallarning haqiqiy qiymatini hisoblash. Hisob-kitob aniqligi sozlanadi. Omborlar, moddiy javobgar shaxslar va bo‘linmalar kesimida ro‘yxat shakllantirgan holda materiallar hamda kam qiymatli va tez eskiruvchi buyumlarni qidirish. Tovar-moddiy boyliklarni tizimdan tashqari hisobga olish.
Tahlil va hisobotlar
Materiallar hamda kam qiymatli va tez eskiruvchi buyumlarning yagona kartotekasini yuritish. TMB klassifikatorini yuritish. Zarur hisobotlarni shakllantirish.
Yangi mexanizmning afzalliklari
-
Avtomatlashtirish
- Tovarlarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar hisobini optimallashtirish
- Buxgalteriya hisobining samaradorligini oshirish va qo‘lda bajariladigan mehnatdan foydalanishni kamaytirish
- Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yordam
-
Aniqlik
- TMB hisobini yuritish va boshqarish shaffofligini oshirish
- Moddiy resurslardan foydalanishni yanada batafsil hisobga olish va tahlil qilish
- Ma’lumotlarni qo‘lda kiritish bilan bog‘liq xatolar ehtimolini kamaytirish
Colvirning boshqa mahsulotlari
Afzalliklar Colvir Software Solutions
Ishonchli
100% muvaffaqiyatli loyihalar
Oddiy
Mahsulot modullarining yadrodan mustaqilligi
Dolzarb
Bank mahsulotlari va servislar boyicha xalqaro amaliyot
Istiqbolli
Daromadning 100% tizimni rivojlantirishga yonaltiriladi
Ommabop
MDH bo‘ylab mahalliylashtirishlar
Qulay
Moslashuvchanlik va mijozga yo‘naltirilganlik
Savollaringiz qoldimi?
Hozir so‘rov qoldiring — mutaxassisimiz siz bilan imkon qadar tez bog‘lanadi va Colvir mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot beradi