Colvir mutaxassislari Freedom Bank xodimlarini «Hisobvaraqlar protsessingi 24x7» modulida ishlashga o‘qitdi
23–27-yanvar kunlari Freedom Bank’da «Hisobvaraqlar protsessingi 24x7» mavzusida Colvir ta’lim intensivi bo‘lib o‘tdi. Mijoz hisobvaraqlarini markazlashtirilgan yuritish modulining mavjudligi tizimning dam olish kunlari va texnologik tanaffuslarsiz sutka davomida ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Hisobvaraqlar protsessingi 24x7 banklarga mijozlar imkoniyatlarini kengaytirish va masofaviy xizmat ko‘rsatish kanallari orqali taqdim etiladigan servislar sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Ishtirokchilar trener bilan birga real vaqt rejimida sozlamalarni amalga oshirdi, operatsiyalar yaratdi, turli hodisalarni modellashtirdi va u yoki bu harakat chaqiruvidan olingan natijalarni tahlil qildi. Kursdan o‘tgach, bank xodimlari tarif kategoriyalari, komissiyalar, analitika, predmet sohasi tushunchalarini sozlashlari, obyektlarni «Hisobvaraqlar protsessingi 24x7» xizmatiga avtomatik o‘tkazishni sozlashlari va modulni ekspluatatsiya jarayonida yanada chuqurroq va variativ tarzda qo‘llab-quvvatlashlari mumkin bo‘ladi; variativlik deganda modul ishini optimallashtirish uchun turli sozlamalarni qo‘llash imkoniyati tushuniladi.
Freedom Bank uchun bu xodimlarni Colvir yechimlari bilan ishlashga o‘qitishdagi birinchi tajriba bo‘ldi va u katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Fikr-mulohaza savollari bo‘yicha baholar diapazoni 10 balldan 9,4 dan 9,8 gacha bo‘ldi. Ishtirokchilar material bayoni mantiqi va ketma-ketligini hamda o‘qitish foydaliligini yuqori baholadi. FreedomBank mutaxassislari kursning ish uchun eng foydali mavzulari qatorida hisob-kitob ko‘rsatkichlari, yangi operatsiyalarni sozlash, tegishli modellarga bog‘lash, holdlarni o‘rnatish va boshqalarni aytib o‘tdi.
Colvir Software Solutions yechimlari namoyishi uchun sales@colvir.com manziliga yozing. Mahsulot takomillashtirishlari va yangilanishlari haqida so‘zlab beradigan vebinarlarimizdan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun anons oluvchilar formasini to‘ldiring. Colvir Telegram kanaliga obuna bo‘lib, fintex-industriyaning qiziqarli yangiliklari va voqealaridan xabardor bo‘ling.