Colvir Ziraat Bank Azerbaijan’da o‘ta ommabop BNPL segmenti mahsulotini joriy etdi

31 май 2024, 05:00, Boku, Ozarbayjon
Taksit kartalari (bo‘lib-bo‘lib to‘lash kartalari) joriy etilishi tufayli Ozarbayjon banki mijozlarga talabgir to‘lov servisni taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi
Colvir Ziraat Bank Azerbaijan’da o‘ta ommabop BNPL segmenti mahsulotini joriy etdi

Colvir Ziraat Bank Azerbaijan’da o‘ta ommabop BNPL segmenti mahsulotini joriy etdi
Colvir Software Solutions mutaxassislari Colvir bank tizimining kredit instrumentlaridan biri bo‘lgan «Bo‘lib-bo‘lib to‘lash kartalari» mahsulotini ishlab chiqarish muhitiga topshirdi.

Taksit kartasi — qayta tiklanadigan kredit liniyasiga ega karta bo‘lib, bir qator afzallik va imkoniyatlarga ega. Ulardan asosiysi — karta yordamida tovar yoki xizmatlarni bo‘lib-bo‘lib xarid qilish. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardagi mijozlarimizga bu mahsulot ko‘proq bo‘lib-bo‘lib to‘lash kartalari sifatida tanish. Xaridor narx yorlig‘ida ko‘rsatilgan summani qismlarga bo‘lib to‘laydi, bank esa mahsulotimiz yordamida xarid summasini bo‘lib to‘lash oylariga ajratadi va to‘lovni amalga oshiradi.
Stanislav Malinin
Colvir Software Solutions presale-menejeri

Taksit kartasi — qayta tiklanadigan kredit liniyasiga ega karta bo‘lib, bir qator afzallik va imkoniyatlarga ega. Ulardan asosiysi — karta yordamida tovar yoki xizmatlarni bo‘lib-bo‘lib xarid qilish. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardagi mijozlarimizga bu mahsulot ko‘proq bo‘lib-bo‘lib to‘lash kartalari sifatida tanish. Xaridor narx yorlig‘ida ko‘rsatilgan summani qismlarga bo‘lib to‘laydi, bank esa mahsulotimiz yordamida xarid summasini bo‘lib to‘lash oylariga ajratadi va to‘lovni amalga oshiradi.

Bo‘lib-bo‘lib to‘lash kartalarini joriy etish loyihasini amalga oshirish tezligi yangi mahsulotni bozorga tez chiqarishga yordam berdi. Loyiha 2023-yilda yakunlandi va mana bir yildan beri bank mahsuloti Ziraat Bank Azerbaijan mijozlariga mavjud hamda ommalashgan.
Axilles Metaksa
Colvir Software Solutions akkaunt-menejeri

Ziraat Bank Azerbaijan’ning strategik maqsadlaridan biri — mijozlariga sifatli servis taqdim etib, oldindan harakat qilgan holda innovatsion bank va ishonchli hamkor bo‘lish. Har bir yechimni joriy etish loyihasi e’lon qilingan maqsadlarga javob beradi. Masalan, bankning Colvir Software Solutions hamkori Informatica ma’lumotlarni olish mahsulotiga o‘tishi bankka ORACLE mahsulotlarining dolzarb versiyalaridan foydalanish imkonini berdi va ma’lumotlarni yuklash vaqtini 25% ga qisqartirdi. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash kartalari ishga tushirilishi tufayli esa Ziraat Bank Azerbaijan mijozlarga zamonaviy mahsulot taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Biz amalga oshirgan yechim Ziraat Bank Azerbaijan uchun ishlab chiqilgan, moslashtirilgan yechimdir. Uning funksionali mijozlar uchun taksit kartalarini ochish, operatsiyalarni qayta ishlash va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishni o‘z ichiga oladi. Mahsulot mijozlar orasida juda talabgir
Sergey Osipov
Colvir Software Solutions dasturchisi

«Taksit kartalari» kredit mahsuloti «Kredit liniyalari» va «Overdraftlar» modullari imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan. Loyihaning asosiy murakkabliklaridan biri qabul-topshirish sinovlarini darhol produktiv muhitda bajarish bo‘ldi. Colvir va bank joriy etish jamoalarining qo‘shma ishi tufayli barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tish va mahsulotni muvaffaqiyatli chiqarishga erishildi.
Oleg Fedotov
Joriy etish loyihasi rahbari

Colvir Software Solutions jamoasi Ziraat Bank Azerbaijan jamoasiga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi va bank mijozlarini yangi imkoniyatlarga ega bo‘lgani bilan tabriklaydi. Colvir Software Solutions yechimlari namoyishini so‘rash uchun sales@colvir.com manziliga yozing. Colvir Telegram kanaliga obuna bo‘lib, fintex-industriyaning qiziqarli yangiliklari va voqealaridan xabardor bo‘ling.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish
Mahsulotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar, tadbirlarda ishtirok etish, yangi bo‘sh ish o‘rinlari — Colvir Software Solutions kompaniyasining eng so‘nggi yangiliklaridan xabardor bo‘ling!

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada sizga qayta qo‘ng‘iroq qilamiz