Alatau City Bank 2019-yil yakuni holatiga ko‘ra 20 ta hududiy filial va 118 ta bo‘linmaga ega. Bank mahsulotlar hamda jarayonlarning texnologikligi, innovatsiyalarga ochiqligi va biznes yuritishning shaffofligi bilan ajralib turadi. 2020-yil 1-iyulda Alatau City Bank Britaniyaning nufuzli “The Banker” jurnali talqiniga ko‘ra, aktivlar rentabelligi (ROA) bo‘yicha banklarning global reytingini boshqardi. Shu tariqa, Alatau City Bank nafaqat Osiyo va Okeaniya banklari orasida ROA bo‘yicha eng yaxshisiga aylandi, balki 18,43% ko‘rsatkichni namoyish etib, jahon reytingida ham peshqadamlik qildi.
Bank raqamlarda
- 1992 tashkil etilgan sana
- 1-o‘rin Banking Awards – 2021 talqiniga ko‘ra Qozog‘iston banklari orasida
- 34 mlrd tenge sof foyda (2019-yil)
- 4302 nafar xodimlar soni (2019-yil)